Klichko boksdan ketgandan so‘ng Joshua yangi raqib qidirishni boshladi

  • 3 avgust, 2017, 18:15
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super og‘ir vazn toifasining IBF/IBO/WBA chempoinlik kamarlari sohibi Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn bolgariyalik bokschi Kubrat Pulev bilan jang tashkil qilish borasida muzokaralar o‘tkazmoqda.

Tecno

Bu jang borasidagi yakuniy qaror shu bir oy ichida qabul qilinishi kutilmoqda, deya xabar beradi Independent nashri. Pulev ushbu vaznda IBF kamariga rasmiy da’vogar hisoblanadi.

Avvalroq Joshua 11 noyabr kuni Las-Vegasda Vladimir Klichko bilan revansh jangini o‘tkazishni rejalashtirayotgan edi, biroq ukrainalik bokschi professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!