
Kikboksingchilarimiz Rossiyada 40ta medalni qo‘lga kiritdi
Rossiyaning Anapa shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi – «Daymond» musobaqasida hamyurtlarimiz Vatanimiz sharafini munosib himoya qildi.
O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi mazkur musobaqaga jami 56 nafar sportchini olib bordi.
Dunyoning 12 davlatidan 750 nafarga yaqin sportchi ishtirok etgan musobaqada terma jamoamiz a’zolari 22 oltin, 14tadan kumush va bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bugun poytaxtimizga etib keladi.
Fikrlar