
Keylor Navas: Modrich haqli ravishda eng yaxshi futbolchi deb topildi
“Real” Madrid klubi darvozaboni Keylor Navas jamoadoshi Luka Modrich haqli ravishda o‘tgan mavsum Evropaning eng yaxshi futbolchisi deb topilganini aytdi.
“Do‘stim Krishtianu Ronalduga kelsak, u hamon dunyoning eng zo‘r futbolchisi. Lekin, Modrich ham ushbu sovrinni haqli ravishda qo‘lga kiritdi. Chunki u o‘z pozitsiyasida dunyoda tengsiz”, - deydi Navas.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchi UEFA tomonidan o‘tgan mavsum qit’aning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Fikrlar