
Kellini: Iguain - dunyoning eng kuchli uch hujumchisidan biri
Turinning “Yuventus” klubi himoyachisi Jorjo Kellini argentinalik jamoadaoshi Gonsalo Iguainning imkoniyatlarini juda yuqori baholadi.
“Gonsalo – mukammal futbolchi. U ayni damda dunyoning eng kuchli uchta hujumchisidan biri”, - deydi Kellini.
Ma’lumot uchun, Iguain “Yuventus”ga o‘tgan yilning yozida 94 mln evro evaziga “Napoli”dan kelib qo‘shilgan edi. Ta’kidlash kerakki, u aynan turinliklar safiga o‘tguniga qadar so‘nggi mavsumda neapolliklar tarkibida 36ta gol urib A Seriya rekordini o‘rnatgan edi.
U joriy mavsum “Yuventus” safida jami 32ta gol urishga erishdi.
Fikrlar