
Kasilyas dunyoning eng zo‘r 2ta darvozabonini aytdi
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas sayyoramizning ayni damdagi eng kuchli 2ta darvozaboni kimligini aytdi.
“Oblak yoki ter Shtegen? Ochig‘i, ularning har ikkalasi ham ayni damda dunyoning eng kuchli darvozabonlari hisoblanishadi. Hozir ular o‘zlarining eng yuqori darajadagi o‘yinlarini namoyish etishmoqda”, - deydi 37 yoshli ispaniyalik posbon.
Eslatib o‘tamiz, Yan Oblak ayni damda "Atletiko" sharafini himoya qilmoqda, ter Shtegen esa "Barselona" a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar