
Joshua Tayson Fyuriga qarshi jangga tayyorligini ma’lum qildi
Super og‘ir vazn toifasida IBF, WBO, IBO va WBA chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua WBC kamari sohibi Deontey Uaylder bilan jang borasida kelisha olishmasa, sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi.
Joshua navbatdagi jangini rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinga qarshi o‘tkazadi. Jang 22 sentyabr kuniga rejalashtirilgan. Joshua va Uaylder to‘qnashuvi esa 2019 yil 13 aprelida bo‘lib o‘tishi mumkin.
– Tayson Fyuri men bilan jang qilishni aniq rad etmaydi. Agar Deontey Uaylder bilan uchrasha olmasak, Tayson Fyuriga qarshi jang qilishdan xursand bo‘laman, – deya Entoni Joshuaning so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.
Fikrlar