
Joshua: Povetkin menga muammo tug‘dirishi mumkin edi, ammo ...
WBA, IBF, WBO va IBO og‘ir vazn toifasida chempionlik kamari sohibi Entoni Joshua Aleksandr Povetkinga qarshi jang natijalari haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Birinchi raunddagi zarbasidan so‘ng men muvazanatni yo‘qotdim. Tan olishim lozim u mening burnimni sindirdi, biroq tiklanishim uchun bir daqiqa kerak bo‘lmadi. Povetkin meni mag‘lub etishi mumkin edi, uning zarbalari juda katta kuchga egadir. Og‘ir vaznda ishtirok etayotganiga qaramay u ajoyib tezlikka erishgan.
O‘ylashimcha, Aleksandr har bir og‘ir vaznli bokschiga muammo keltirishi mumkin, - deya Joshuaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Boxingscene nashri.
Fikrlar