Joshua: Povetkin jangdan so‘ng o‘zini 69 yosh deb his qiladi

  • 13 sentabr, 2018, 17:06
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Britaniyalik bokschi Entoni Joshua rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan bo‘ladigan jangda g‘alaba qozonishiga ortiq shubha qilmayotir.

Tecno

Men raqibni raundma-raund ta’qib qilib urmoqchiman. Jangdan so‘ng u o‘zini 39 yosh emas, 69 yosh deb his qiladi. O‘ylaymanki, men to‘qnashuvni 6-8 raundda yakunlayman, – deydi Joshua.

Ikki og‘ir vaznli bokschi ishtirokidagi jang 22 sentyabr kuni Londondagi muhtasham “Uembli” stadionida o‘tkaziladi. Unda bokschilar WBA Super, WBO va IBF chempionlik kamarlari uchun jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!