Jorjino A Seriya va APLni taqqosladi

  • 6 sentabr, 2018, 09:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Mavsumlar oralig‘ida “Napoli”dan “Chelsi” safiga kelib qo‘shilgan yarim himoyachi Jorjino A Seriya va APLni o‘zaro taqqosladi.

“Angliya va Italiya chempionatlari farqini bilish uchun avval o‘sha erlarda o‘ynash kerak. “Chelsi”ning mashg‘ulot bazasida 38ta maydon bor. Bu etarli deb o‘ylayman.

Shunday bo‘lsada A Seriya hamon dunyoning eng zo‘r chempionatlaridan biri hisoblanadi. Umid qilamanki, bir kun kelib yana u erga qaytaman”, - deydi Jorjino.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” 26 yoshli futbolchini 57 million evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum “aristokratlar” safida jami 5ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!