
Jasur Ahmadjonov oltinchi jangida durang qayd etdi
Filippinda professional bokschilar o‘rtasida boks kechasi o‘tkazildi. Unda mamlakatimiz sharafini Jasur Ahmadjonov (5-0-0) himoya qildi.
Mazkur musobaqada Jasur Ahmadjonov filippinlik Rodel Vencheslao (12-16-1) bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan jangda hakamlar har ikkala bokschini imkoniyatlarini teng baholadi va bellashuvda durangni e’lon qildi.
Shu tariqa Jasur o‘zining oltinchi jangini durang bilan yakunladi.
Fikrlar