
JCh-2018: Shvetsiya Janubiy Koreyani mag‘lub qildi
Rossiya yashil maydonlarida o‘tayotgan mundialning “F” guruhi birinchi tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Guruhning ikkinchi uchrashuvida Shvetsiya terma jamoasi Janubiy Koreya futbolchilarini sinovdan o‘tkazishdi.
Qiziqarli kechgan uchrashuvning 65-daqiqasida Grankvist tomonidan penaltidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi.
JCh-2018, “F” guruhi
18.06.2018
Shvetsiya – Janubiy Koreya – 1:0
Gol: Grankvist (pen. 65).
Shvetsiya: Olsen, Yansson, Augustinsson, Lyustig, Grankvist, Klasson, Ekdal (Xilemark, 71), Larsson (Svensson, 81), Forsberg, Berg, Toyvonen (Telin, 77).
Janubiy Koreya: Chjo Xen U, Kim En Gvon, Pak Chju Xo (Kim Min U 28), Li En, Chjan Xen Su, Ki Son En, Ku Chja Chxol (Li Sin U, 72), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xin Min, Kim Sin Uk (Chjon U En, 66).
Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12), Xvan Xi Chxan (55), Klasson (61).
Eslatib o‘tamiz, ushbu guruhning ilk bahsda Meksika Germaniya termasidan 1:0 hisobida ustun kelgan edi.
Fikrlar