JCh-2010 g‘olibi bugun JCh-2018 finalchisini sinovdan o‘tkazadi

  • 11 sentabr, 2018, 11:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun UEFA Millatlar ligasida markaziy uchrashuv Ispaniya hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida kechadi.

Tecno

Ushbu o‘yinga oid qiziqarli faktlar:

Ispaniya va Xorvatiya shu kungacha o‘zaro 6ta o‘yinda maydonga tushishgan. Shularning 3tasida ispanlarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 2tasida xorvatlar g‘alaba qozonishgan. Qolgan 1ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.

Qizig‘i, ushbu 6ta bahsning faqat 2tasi rasmiy maqomga ega bo‘lgan. Har ikkalasi ham Evropa chempionatiga to‘g‘ri keladi. Aniqrog‘i, Evro-2012da Ispaniya g‘alaba qozongan bo‘lsa, oradan 4 yil o‘tib, ya’ni Evro-2016da Xorvatiya “qizil furiya”ni taslim etgan.

Ispaniya – Xorvatiya

Stadion: "Manuel Martines Valero".

Boshlanish vaqti: 23:45

Bosh hakam: Benua Basten

Taxminiy tarkiblar:

Ispaniya: De Xea, Karvaxal, Nacho, Ramos, Alonso, Tiago, Buskets, Saul, Isko, Rodrigo, Asensio.

Xorvatiya: Kalinich, Vrsalko, Edvay, Mitrovich, Barishich, Modrich, Rakitich, Pyatsa, Kovachich, Perishich, Santini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!