
Ivan Efremov medallarimiz sonini yana bittaga oshirdi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida Islom birdamlik o‘yinlarining 5-kungi bellashuvlari davom etmoqda.
E’tiborlisi, og‘ir atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi 105 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Ivan Efremov ikki mashq natijasiga ko‘ra, 380 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirgan holda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, ushbu vaznda oltin medalni 391 kilogrammlik natija natija bilan iroqlik Salvon Alayfuri qo‘lga kiritgan bo‘lsa, kumush medal 387 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirgan Eron vakili Muhammadrizo Baroriga nasib etdi.
Fikrlar