
Italiyani Evro-2012 finaliga olib chiqqan mutaxassis endi BAAda ishlaydi
“Roma”, “Fiorentina” xamda Italiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Chezare Prandelli faoliyatini endi BAAda olib boradi. Prandelli yanagi hafta “Al-Nasr” bilan shartnoma imzolash uchun Dubayga uchib keladi.
Italiyalik mutaxassis “Al-Nasr”da 7 oy ishlagan Dan Petreskuning o‘rniga taklif etildi. Ruminiyalik mutaxassis qo‘l ostida “Al-Nasr” Prezident kubogi finaliga qadar etib borgan edi. Xal qiluvchi bahsda esa dubayliklar “Al-Vanda”ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan.
Yodingizda bo‘lsa, Prandelli boshqaruvidagi Italiya Evro-2012 finaliga qadar etib borgan. 2013 yilgi Konfederatsiyalar kubogida esa 3-o‘rinni egallagan edi.
Fikrlar