
Italiya grandlari "Arsenal" yarim himoyachisini nishonga oldi
O‘rtamiyona “Bornmut” klubida ijara asosida to‘p surayotgan “Arsenal” yarim himoyachisi Jek Uilshir o‘z faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
Calciomercato nashrining xabar berishicha, angliyalik futbolchining xizmtlariga “Roma” va “Milan” klublari qiziqish bildirmoqda.
“To‘pchilar” 24 yoshli futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga shoshilmayapti. Italiya grandlari esa ushbu vaziyatda unumli foydalanib qolmoqchi.
Qayd etish joiz, Jek Uilsherning “Arsenal” bilan shartnomasi 2018 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar