
Italiya grandi Petr Chexni ijaraga olmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni Petr Chex faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 36 yoshli posbonga “Napoli” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aytish lozimki jamoaning yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ayni damda tarkibdan ketgan asosiy darvozabon Pepe Reynaga munosib o‘rinbosar qidirmoqda. Italiyalik mutaxassis bu o‘ringa aynan o‘zining “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Petr Chexni munosib ko‘rmoqda.
Fikrlar