
Isroil Madrimov Osiyoning eng yaxshi bokschisi deb topildi
Xabaringiz bor, Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) qit’ada yilning eng yaxshilarini aniqlash maqsadida so‘rovnoma tashkil qilgan edi.
Unda “Yilning eng yaxshi bokschisi” nominatsiyasida ikki nafar bokschimiz nomzodi ko‘rsatilgan edi. Bundan tashqari ushbu sovringa hindistonlik Amit Pangal ham da’vogarlik qilgan.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, 46,76% ovoz to‘plagan Isroil Madrimov Osiyoning “eng yaxshi bokschisi” deb topildi. Undan keyin Amit Pangal 28,03%, Isboljon Xoldorov esa 11,02% ovoz jamg‘argan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil Madrimov bu yili 75 kg vazn toifasida Incheondagi Osiyo o‘yinlarida kumush medal, Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz bayroqdori bo‘lish bilan birga oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, u yaqinda professional ringdagi faoliyatini boshlab, ilk jangdayoq chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar