
"Inter"dagi sloveniyalik darvozabonlar soni ortishi mumkin
Tuttosport xabariga ko‘ra, italiyaliklar Madridning "Atletiko" klubi darvozaboni Yan Oblakka ko‘z tikib turishibdi.
Ilgariroq 25 yoshli golkiper "matraschilar" bilan shartnomani uzaytirishni istamagan edi. Sloveniyalik darvozabonning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilda poyoniga etadi va uning tovon puli 100 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Xandanovich bu mavsum "neradzurrilar" safida A Seriyada 3 ta o‘yinda 3 ta gol kiritishning uddasidan chiqdi.
Fikrlar