
"Inter" tez orada "Atletiko" etakchilaridan birining transferini e’lon qiladi
Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Diego Godin katta ehtimol bilan faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.
"Neradzurrilar" sport direktori Juzeppe Marottaning aytishicha tomonlar deyarli kelishuvga erishishgan va “Inter” tez orada urugvaylik futbolchining transferini rasman e’lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 32 yoshli Godinning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yozda “Inter”ga mutlaqo tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Godin “Atletiko” safida 2010 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar