
Inesta yangi jamoasi bilan Yaponiya chempioni bo‘lmoqchi
Yaqindagina Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi bilan shartnoma imzolagan Andres Inesta o‘zining ushbu jamoadagi maqsadlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Men bu erga yaqindagina keldim. Meni bu erda juda ham iliq kutib olishdi. Umid qilamanki mening to‘plagan tajribam yangi jamoamni yuqori darajaga olib chiqishga yordam beradi. Men hamisha o‘z oldimga yuqori maqsad qo‘yib kelganman va bu safar ham ushbu jamoa bilan chempionlikni qo‘lga kiritmoqchiman”, - deydi 33 yoshli ispaniyalik futbolchi.
Fikrlar