
Inesta Yaponiyada o‘ynashini tasdiqladi
“Barselona” klubining sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta faoliyatini Yaponiyada davom ettirishini tasdiqladi.
“Do‘stim bilan yangi uyimga uchib ketayapmiz”, - deya izoh qoldirdi 33 yoshli ispaniyalik futbolchi Rakuten kompaniyasi rahbari Xirosi Mikitani bilan tushgan suratiga.
Eslatib o‘tamiz, Inesta Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubi bilan shartnoma imzolaydi. Ushbu jamoani ayni damda “Barselona”ning titul homiysi hisoblangan Rakuten kompaniyasi moliyalashtiradi.
Ma’lumot uchun, “Vissel Kobe” klubida shuningdek yana bir jahon chempioni – Lukash Podolski ham to‘p surmoqda.
Fikrlar