Inesta "Real"ning unga bo‘lgan qiziqishi haqida aytib o‘tdi

  • 28 may, 2018, 18:01
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” sobiq yarim himoyachisi, xozirda esa “Vissel Kobe” klubida to‘p tepayotgan Andres Inesta, faoliyati davomida “Real Madrid” klubi tomonidan bildirilgan qiziqish haqida aytib o‘tdi.

Tecno

- Bilasizmi, faoliyatim davomida bir necha bor “qirollik klubi” tomonidan qiziqish bo‘lgan. Biroq u erda o‘ynashni xohlamaganim sababli, muzokaralar ham olib bormaganman.

Men “Barsa”da 10 daqiqa to‘p tepishni, boshqa jamoada ikki bo‘lim o‘ynashdan ko‘ra ustun deb bilganman.

Yaponiyaga ko‘chib o‘tishim haqida shuni ayta olamanki, menda juda ko‘p takliflar bo‘lgan. Biroq, “Vissel Kobe” loyihasi meni qiziqtirib qo‘ydi, - deya Inestaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Sun nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!