
Ignatiy Nesterov: Bu men uchun oxirgi Osiyo Kubogi, g‘alaba uchun borimni berishga harakat qilaman
"O‘yin qiyin bo‘ldi. Lekin biz g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldik. Bundan juda xursandman. Bu men uchun oxirgi Osiyo Kubogi. Shu sababli g‘alaba uchun maydonda borimni berishga harakat qilaman. Menga ishonch bildirib, ushbu musobaqaga olib kelgan bosh murabbiyimizdan minnatdorman. Ushbu ishonchni oqlashga harakat qilaman.
Keyingi uchrashuvlarda ham g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - deb5-marta Osiyo Kubogida ishtirok etayotgan Ignatiy Nesterovning so‘zlarini keltirib o‘tdi O‘FA rasmiy sayti.
Nesterovning ushbu natijasini Osiyodagi biror futbolchi hozircha takrorlay olgani yo‘q.
Fikrlar