
Gvardiola transferlar uchun milliard evro sarf etdi
Angliyaning “Manchester Siti” klubi kuni kecha “Monako”dan himoyachilar uchun rekord summa bo‘lgan 57,5 mln evro evaziga Benjamin Mendini sotib olgan edi.
E’tiborlisi, “shaharliklar” ustozi o‘zi boshqargan jamoalarni kuchaytirish uchun 1 milliard evro miqdoridagi summani ishlatdi.
Mendi transferiga qadar ispaniyalik mutaxassis boshqargan jamoalar transferlar uchun 998,4 mln evro sarf etgan edi.
Gvardiola “Manchester Siti” boshqaruvida 453 mln, “Bavariya”da 203, “Barselona”da ishlagan vaqtda esa transferlar uchun 341 mln evro sarf etgan edi.
Fikrlar