
Grizmann futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchi kimligi haqidagi savolga javob berdi
Madridning “Atletiko” klubi hamda Frantsiya terma jamoasi forvardi Antuan Grizmann futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchi kim ekanligi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Bu savol turli hil davrlarga bog‘liq. Masalan men hozir Messi yoki Ronalduni tanlashim mumkin. Chunki men Pele va Maradonananing o‘yinlarini ko‘rmaganman. Qolaversa, bu qatorda Zidan ham bor. Masalan u Jahon chempioni bo‘lgan. Messi va Ronaldu esa yo‘q”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Messi va Ronaldu futbol tarixida eng ko‘p – 5 martadan “Oltin to‘p”ga sazovor bo‘lishgan.
Fikrlar