
Grizmann: Javob bahsidan oldin yaxshi natijaga erishib oldik
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann kecha “Arsenal”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan qiyin uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘yin boshida ahmoqona harakatlar juda ko‘p bo‘ldi. Ammo hozir biz javob o‘yinidan avval yaxshi natijaga erishib oldik.
Istardimki, muxlislar bir bo‘lib, bor kuchlari bilan finalga chiqishimiz uchun bizni qo‘llab-quvvatlashsin.
Yan Oblak – dunyoning ayni damdagi eng kuchli darvozaboni. Bu gapni faqat jamoadoshim bo‘lgani uchun aytmayapman. Shunchaki uning ko‘rsatayotgan seyvlari va bizga keltirayotgan ochkolarini ko‘ring”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsning 10-daqiqasida “Atletiko” himoyachisi Shime Vrsalko maydondan chetlatilgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Diego Simeone ham maydondan quvildi.
Fikrlar