
Golovin "Monako"da nechanchi raqamda o‘ynaydi?
Xabaringiz bor bugun rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Golovin TsSKAdan “Monako”ga ko‘chib o‘tdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 22 yoshli futbolchi yangi jamoasida 17-raqam ostida to‘p suradi. Aytish kerakki, Golovin Rossiya terma jamoasi safida ham aynan 17-raqam ostida harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, 30 mln evroga transfer qilingan Golovin bu bilan Rossiya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.
Fikrlar