
"Gollar shousi"da "Qo‘qon-1912" "Mash’al"ga imkoniyatni boy berdi
Hozirgina Oliy Liga 21-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ushbu o‘yinda mehmonlar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Dastavval Nikita Pavlenko hisobni ochgan bo‘lsa, so‘ng Humoyun Murtazoev hisobni oshirdim.
Birinchi bo‘lim yakunida esa Ravshan Ermatov mehmonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini esa Murod Xolmuxammedov aniq amalga oshirib muvozanatni tikladi.
Ikkinchi bo‘limning 20-daqiqasida Nikita Pavlenko dubl qayd etib, jamoasining uchinchi golini kiritdi.
O‘yin so‘nggida Quvondiq Ro‘ziev hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Xumoyun Murtazoev ham dublga erishdi.
16 sentyabr (shanba)
Oliy Liga. 21-tur
16:30. “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) – “Mash’al” (Muborak) - 2:4 #Tugadi
Gollar: Murod Xolmuxammedov(45 penaltidan), Quvondiq Ro‘ziev(87) - Nikita Palenko(30, 65), Xumoyun Murtazoev(36, 90+2)
“Qo‘qon-1912”: 13. Aziz Ashurov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziev, 14. Doniyor Hasanov, 19. Suhrob Berdiev, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 70. Quvondiq Ro‘ziev, 77. Murod Xolmuhammedov, 98. Xushnudbek Avilov, 99. Filip Rayevats.
Zaxira: 12. Nikita Ribkin, 4. Bahodir Akramov, 11. Andrey Sidorov, 17. Avaz Mamatxo‘jaev, 25. Iqbol Malikjonov, 96. Muhammadanas Hasanov, 97. Oybek Rustamov.
“Mash’al”: 35. Javohir Ilyosov, 6. Sardor Abduraimov, 10. Xumoyun Murtazoev, 13. Shahzod Shaymanov, 18. Abbos Shodmonov, 23. Kenja To‘raev(19. Zohir Qo‘ziboev 60), 27. Nikita Pavlenko, 31. Igor Tymonyuk, 44. Asil Begimqulov, 55. Avaz Agaliev, 77. Abdullox Olimov.
Zaxira: 30. Botir Nosirov, 2. Iskandar Shoyqulov, 3. Sardor Rahmonov, 11. Tomoki Muramatsu, 19. Zohir Qo‘ziboev, 22. Bobur Qosimov, 90. Zafar To‘raev.
Ogohlantirish: Shaxzod Shaymanov(39), Murod Xolmuxammedov(56), Kenja To‘raev(60), Avaz Mamatxo‘jaev(76), Sardor Abduraimov(82)
Fikrlar