
Germaniyalik muxlislarning eng yaxshi ko‘rgan jamoasi va eng yomon ko‘rgan jamoasi ma’lum bo‘ldi
Myunxenning "Bavariya" klubi germaniyalik muxlislar orasida eng yoqimsizi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bulinews nashrining xabar berishicha, 3030 muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 42% muxlsilar myunxenliklarni yomon ko‘rishlarini aytib o‘tishgan bo‘lsa, qolgan 42% "Bavariya"ni sevishlarini ta’kidlab o‘tishgan.
Muxlislarning sevgisini qozongan jamoa Dortmundning "Borussiya" klubi ekanligi ma’lum bo‘ldi. 52% muxlislar ushbu klubga muxlislik qilishadi, 31% dortmundliklarga neytral qarashda qolgan 17% yomon ko‘rishadi ushbu jamoani.
Fikrlar