Gandbolchilar qanday taqdirlangani xususida fotoreportaj

CHERY AUTO

  Joriy yilning 5- 11 iyul kunlari Italiyaning Teramo shahrida  “Interamnia” jahon kubogi  bo‘lib o‘tdi. Turli yosh toifalari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada jahonnning 34 ta mamlakatidan 123 ta jamoa ishtirok etdi.  Musobaqada yurtimiz sharafini 2000 yillarda tug‘ilgan sportchilardan tashkil topgan O‘zbekiston terma jamoasi himoya qildi. Yosh gandbolchilarimiz o‘tkazilgan etti uchrashuvning barchasida zafar quchib, oltin medallarga va Jahon kubogiga munosib deb topildi.

Tecno

 17 iyul kuni Ipoteka-bank ATIB bosh binosida musobaqa qatnashchilari va murabbiylarini taqdirlash marosimi  bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Ipoteka-bank rahbariyati va xodimlari, Gandbol federatsiyasi vakillari, yosh musobaqachilar va ularning ota-onalari shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

 Tadbirni Ipoteka-bank boshqaruvi Raisi, Gandbol federatsiyasi Prezidenti Omon Musaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z so‘zida yurtimizda sportning barcha turlari tizimli ravishda rivojlanib borayotgani, yoshlarimiz orasidan etishib chiqayotgan iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlanayotganini alohida e’tirof etdi.  

 So‘ngra so‘zga chiqqan gandbolchilar, murabbiylar  va ota-onalar  cheksiz quvonch va o‘zgacha g‘urur iftixor bilan yurtimizda sportga qaratilayotgan e’tibor va qo‘lga kiritilayotgan ulkan yutuqlar xususida to‘lqinlanib gapirdilar.

 Tadbir so‘nggida yig‘ilganlarga Ipoteka-bank bank tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Gandbol-mukof (1)

Gandbol-mukof (2)

Gandbol-mukof (3)

Gandbol-mukof (4)

Gandbol-mukof (5)

Gandbol-mukof (6)

Gandbol-mukof (7)

Gandbol-mukof (8)

Gandbol-mukof (9)

Gandbol-mukof (10)

Gandbol-mukof (12)

                                                                                                      Fotolar muallifi Oqil G‘ULOMOV.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!