Galiulin turk klubi darvozasiga gol kiritdi (video)

  • 24 mart, 2018, 23:37
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Vagiz Galiulin to‘p suradigan Rossiyaning "Tosno" klubi FIFA kunlari tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida Turkiyada kichik yig‘in tashkil etdi.

Tecno

Bugun jamoa mazkur yig‘in doirasida Turkiya Superligasi ishtirokchisi "Alanyaspor" klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi. Ushbu o‘yinda 2:2 hisobida kuchlar teng keldi.

Vagiz birinchi bo‘limda birga-bir chiqib, vaziyatni golga aylantira oldi va ikkinchi bo‘lim avvalida zahiraga olindi.

Quyida mazkur o‘yinda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!