Galiulin qahramon yoxud "Tosno" Rossiya Kubogi finalida! (Foto va Video)

  • 19 aprel, 2018, 08:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Rossiya Kubogi yarim finalida o‘zbekistonlik futbolchi Vagiz Galiulin harakat qilayotgan “Tosno” jamoasi safarda amaldagi mamlakat chempioni “Spartak” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 62-daqiqasida Ze Luish moskvaliklarni hisobda oldinga olib chiqishga erishdi. O‘yin yakunlanishi arafasida esa hamyurtimiz Vagiz Galiulin  gol kiritib, jamoasiga umid bag‘ishladi.

Asosiy bo‘limlarda g‘olib nomi aniqlanmagach, 15 daqiqadan iborat bo‘lgan ikki qo‘shimcha taymlarga murojaat etildi. Ekstra taymlarda ham kuchlar teng keldi va penaltilar seriyasi tepiladigan bo‘ldi.

“Futbol lotoreyasi”da esa “Tosno” futbolchilari 5:4 hisobida g‘alaba qozonishdi. Jumladan, Galiulin ham penaltini aniq amalgam oshirib, jamoasining g‘alabasiga ulkan hissasini qo‘shdi.

Endi “Tosno” jamoasi 9 may kuni finalda quyi liga vakili – Kurskning “Avangard” jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!