
Frantsiya – Avstraliya. Prevyu
Xabaringiz bor bugun JCh-2018ning “S” guruhi uchrashuvlariga start beriladi. Guruhning ilk uchrashuvida esa Frantsiya Avstraliyaga qarshi bahs yuritadi.
Qozon shahridagi “Kazan Arena”da bo‘lib o‘tadigan o‘yinni Andres Kunya boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Qayd etish lozimki, ushbu jamoalar hozirgacha biron marta mundiallarda o‘zaro to‘qnash kelishmagan. Ularning yagona rasmiy uchrashuvi esa 2001 yilgi Konfederatsiyalar kubogiga to‘g‘ri keladi. O‘shanda “sokkeruzlar” Roje Lemmerning yagona goli evaziga “uchranglilar” ustidan zafar quchishgan.
Frantsiya hamda Avstraliyaning so‘nggi to‘qnashuvi esa 2013 yilning 11 oktyabrida bo‘lib o‘tgan. Parijda bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik maqomidagi ushbu bahsda frantsuzlar 6:0 hisobida ustun kelishgan.
Ta’kidlash kerakki, Frantsiya so‘nggi 10ta bellashuvdan 6tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yuborgan. Avstraliya esa so‘nggi 10ta uchrashuvning faqat 2tasida (31.08.2017 – Yaponiya 2:0, 23.03.2018 – Norvegiya 4:1) mag‘lubiyatga uchragan holos.
Quyida har ikkala terma jamoaning bugun maydonga tushishi mumkin bo‘lgan asosiy tarkib futbolchilari bilan tanishib olishingiz mumkin.
JCh-2018 "S" guruhi. 1-tur.
Frantsiya – Avstraliya
Stadion: "Kazan Arena" (Qozon, Rossiya) 15:00
Bosh hakam: Andres Kunya (Urugvay)
Frantsiya: Loris – Sidibe, Varan, Umtiti, Mendi – Matyuidi, Kante, Pogba – Mbappe, Dembele, Grizmann.
Avstraliya: Rayan – Ridson, Milligan, Seynsberi, Bexich – Yedinak, Muy, Rogich – Kruz, Leki, Kexill.
Fikrlar