
Evropa ligasida hafta futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar nomi e’lon qilindi
UEFA Evropa ligasining 3-turida o‘zini yaxshi ko‘rsatgan to‘rt futbolchi nomini ma’lum qildi. Bular "Red Bull Zaltsburg" hujumchisi Munas Dabbur, "Chelsi" yarim himoyachisi Ruben Loftus-Chik, "Betis" xavbeki Jovani Lo Chelso va "Fenerbaxche" forvardi Mixael Fraylardir. Ayni damda yuqorida nomi tilga olingan to‘rt futbolchidan qay biri hafta futbolchisi bo‘lishi borasida so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
Dabbur "Rusenborg"ga qarshi o‘yinda (3:0) dubl qayd etdi. Loftus-Chik esa BATE darvozasini uch marta ishg‘ol etishga erishdi. Lo Chelso esa "Milan" bilan kechgan uchrashuvda gol kiritdi va yana bir golga assistentlik qildi. "Fenerbaxche" futbolchisi Fray hisobida ham xuddi shundak ko‘rsatkich bor.
Fikrlar