
Evro-2016 g‘olibi frantsuz klubi bilan shartnoma imzoladi
Portugaliyalik himoyachi Joze Fonte Frantsiyaning “Lill” klubi bilan shartnoma imzoladi.
Yaqindagina Xitoyning "Dalyan Ifan" klubi bilan shartnomasini bekor qilgan Fonte yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shildi va u bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Vest Xem", "Sautgempton", "Kristal Pelas", "Eshtrel Amadora", "Pakush de Ferreyra", "Benfika", "Vitoriya Setubal", "Felgeyrash" hamda"Sporting" klublarida to‘p surgan. U shuningdek Portugaliya terma jamoasi safida Evro-2016 yilda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar