“Everton” 21 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 mln funt to‘laydi

  • 18 iyul, 2018, 10:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Everton” klubi “Bordo” yarim himoyachisi Malkomni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchi va mersisaydliklar o‘rtasidagi muzokaralar deyarli yakuniy bosqichga kelgan. Unga ko‘ra “Everton” Malkom uchun frantsuz klubiga 30 mln funt to‘lashi aytilmoqda. Futbolchining o‘ziga esa haftasiga 80 ming funt maosh va’da qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Malkom uchun shuningdek «Arsenal», «Tottenxem», «Manchester Yunayted» va «Bavariya» kabi jamoalar ham kurash olib borishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!