
Eshli Yang "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytirdi
"Manchester Yunayted" klubi himoyachisi Eshli Yang “qizil iblislar” bilan yangi shartnoma imzoladi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli angliyalik futbolchi MYu bilan amaldagi shartnomasini 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Yangning bundan avvalgi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” bundan avvalroq Antoni Marsyal va Fil Jonslar bilan ham kelishuvni uzaytirgan edi.
Fikrlar