
Entoni Joshuaning keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi
Super og‘ir vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua o‘zining navbatdagi jangini WBA reytingida ikkinchi o‘rinda borayotgan amerikalik Jarrell Millerga qarshi o‘tkazadi, deya xabar beradi ESPN nashri.
Mazkur jang 2019 yil 1 iyunida Nyu-Yorkdagi “Medison Skver Garden” arenasida tashkil qilinadi. Hozircha tomonlar o‘rtasida rasmiy shartnoma imzolangani yo‘q, biroq britaniyalik va amerikalik bokschining vakillari barcha shartlar bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lishgan.
Avvalroq Joshua Miller bilan bo‘ladigan jangda rekord darajada gonorar olishi mumkinligi aytilgan edi.
Fikrlar