Engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev yurtimizga qaytib keldi

  • 21 fevral, 2019, 13:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 15 fevral kuni (16 fevral tongida) professional bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShda faoliyatidagi 16-jangni o‘tkazgandi. Mazkur bahsda hamyurtimizga amerikalik Maykl Foks raqiblik qilgan va 10 raundlik jangda Shohjahon ochkolar hisobiga g‘alaba qozongandi.

Tecno

Bugun bokschimiz yurtimizga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, O‘zbekiston professional boks federatsiyasi vakillari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli Shohjahon Ergashev bungacha professional ringda 16 ta jang o‘tkazib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal etgan. 14 ta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan.

Shohjahon navbatdagi jangini katta ehtimol bilan shu yilning 13 aprel kuni o‘tkazadi. Biroq, bu haqida hali rasman e’lon qilinmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
21/02/2019 13:36
шу бола маладес чикдида