
Engilmas Shohjahon Ergashev ertaga Toshkentga keladi
Boks bo‘yicha professional ringda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan engilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev (16-0-0, KO14) ertaga 21 fevral kuni Toshkentga qaytib keladi.
Ertaga, soat 11:00da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan Sh.Ergashevni kutib olish marosimi o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan, barcha boks muxlislarini Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga taklif etamiz.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev so‘nggi marta 15 fevral kuni ringga ko‘tarilgan va unda amerikalik engilmas bokschi Maykl Foksni (19-0-1, KO15) ochkolar bo‘yicha mag‘lub qilib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirgan edi.
Fikrlar