Emeri: O‘zilning terma jamoadan ketishi bu uning shaxsiy qarori va biz uni hurmat qilishimiz kerak

  • 25 iyul, 2018, 21:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri tanqidlar sabab Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashga majbur bo‘lgan shogirdi Mesut O‘zilga dalda berdi.

Tecno

“Bu er uning o‘z uyi ekanligi va biz uning oilasi ekanligimizni his qilishini istaymiz. Jamoamizda shunday futbolchi borligidan xursandmiz. Bu erdagi barcha jamoadoshlari unga doimo xurmat bilan munosabatda bo‘lishadi.  

O‘zilning terma jamoadan ketishi bu uning shaxsiy qarori va biz uni xurmat qilishimiz kerak. Mesut shunday qilsa o‘zi uchun yaxshi bo‘ladi deb hisobladi. Endi esa biz unga yordam berishimiz kerak”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil Turkiya prezidenti Rejep Erdogan bilan tushgan surati uchun tanqidlarga uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!