Emeri Neymarning qachon safga qaytishini aytdi

  • 13 aprel, 2018, 21:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa hujumchisi Neymarning tez orada safga qaytishini aytdi.

Tecno

“So‘nggi tekshiruvlar shuni ma’lum qildiki Neymar tez orada safga qaytadi. U katta ehtimol bilan mavsumning so‘nggi uchrashuvlarida ishtirok eta oladi. Biz buning uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli braziyalik futbolchi fevral oyi oxirlarida jarohat olgan edi. U joriy mavsum parijliklar safida jami 30ta bahsda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 28ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!