
Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida yosh futbolchilar uchun uchrashuv tashkil qilindi (foto)
Bugun poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida "Junior" futbol maktabi tomonidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper va futbol yulduzlari ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Unda FIFA referisi Ravshan Ermatov, milliy terma jamoamiz sobiq sardori, Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov, terma jamoamiz a’zolari Marat Bikmaev va Anzur Ismoilovlar qatnashishdi.
Yosh futbolchilar milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi va futbol yulduzlariga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
So‘ngra bolajonlar uchun uchrashuvning yulduzli mehmonlari tomonidan dastxatlar ulashildi va ular bilan birga esdalik uchun suratga tushildi.
So‘ngra bolajonlar uchun uchrashuvning yulduzli mehmonlari tomonidan dastxatlar ulashildi va ular bilan birga esdalik uchun suratga tushildi.
Bu kabi uchrashuvlar yosh futbolchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kelgusida mashhur futbolchi bo‘lib, terma jamoamiz tarkibida to‘p surish orzusiga katta turtki bo‘lishi shubhasiz.




Fikrlar