EL. Ostonaliklar tahsinga sazovor iroda ko‘rsatishdi

  • 24 noyabr, 2016, 23:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun tunda Evropa maydonlarida Evropa ligasining 5-turidan o‘rin olgan 24 ta bahs bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Biroz avval “B” guruhidagi dastlabki bahs o‘z yakuniga etdi. Bu bahsda guruh “autsayderi” “Astana” “pley-off”ga chiqish uchun so‘nggi imkoniyatidan foydalanib ko‘rdi. Garchi guruhda qolib ketishi deyarli aniq bo‘lib qolgan ostonaliklar so‘nggi ikki turda g‘alaba qozonishi va “Olimpiakos” hamda “Yang Boyz” klublari ochko yo‘qotishi kerak edi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida ostonaliklar o‘z darvozalaridan to‘p o‘tkazib yuborishdi. Georgios Efrem yo‘llagan zarba oldida mezbon jamoa darvozaboni ojiz qoldi. Biroq “APOEL” vakillarining hursandchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 32-daqiqada Inyaki Astits hakam tomonidan qizil kartochka bilan “siylandi” va maydonni erta tark etishga majbur bo‘ldi.

Raqibni bir kishi kam bo‘lib harakat qilishi ostonaliklarga qo‘l keldi va o‘yin tashabbusini o‘z qo‘llariga olishdi. Natijada 59-daqiqada Marin Anichich hisobni tenglashtirdi. 84-daqiqada esa serbiyalik hujumchi Jorje Despotovich o‘yindagi g‘alaba golini kiritib, “Astana”ning Evropa ligasidagi dastlabki g‘alabasini taqdim etdi.

Evropa Ligasi | | “B” guruhi

Astana Arena

“Astana” – “APOEL” 2 - 1 (0 - 1) 

Gollar: Efrem 31, Anichich 59, Despotovich 84              

Ogohlantirishlar: Shomko 2, Moraish 75, Maksimovich 87, Anichich 89, Kabananga 90

Chetlatish: Astits 32

“Astana”: Erich - Logvinenko, Anichich, Shomko, Shitov (Nuserbaev 77) – Mujikov (Nurgaliev 81), Maksimovich, Kanyas, Beysebekov - Despotovich, Kabananga (Maliy 90).

"APOEL": Vaterman - Karlao, Lago, Milanov, Astits - Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis (Artimatas 35), Efrem (Yanniotas 81) - Soteriu, de Kamargo (Vander 63).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!