
EChLda 6-turning eng chiroyli goli aniqlandi (video)
Muxlislar EChL 6-turida kiritilgan gollar orasida eng chiroylisini aniqlab berishdi. Unga ko‘ra, “Liverpul” futbolchisi Sado Mane tomonidan “Spartak” (7:0) darvozasiga kiritilgan gol turning eng chiroyli goli deb topildi. Uning golini yoqlab, so‘rovnomada ishtirok etganlarning 31,3 % ovoz berdi.
Bu borada ikkinchi o‘rinni 31,1 % ovoz to‘plagan Krishtianu Ronaldu egalladi. Uning “Borussiya”ga qarshi bahsda kiritgan goli muxlisllar tomonidan e’tirof etildi.
“Shaxtyor” futbolchisi Bernard tomonidan “Manchester Siti” darvozasiga kiritilgan gol esa 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Ushbu havola orqali Mane tomonidan kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar