
“Dinamo” – “Sho‘rtan” o‘yiniga xotin-qizlar bepul kiritiladi
8 mart kuni Oliy Liganing Samarqanddagi rasmiy ochilish uchrashuvida «Dinamo» jamoasi G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoasini qabul qiladi.
Samarqanddagi «Dinamo» stadionida o‘tadigan chorshanba kungi uchrashuvning ochilish marosimi tadbiri 15:30 boshlansa, o‘yinning boshlanish vaqti 16:00da belgilangan.
Qayd etish joiz, 8 mart xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan «Dinamo» - «Sho‘rtan» uchrashuviga kirish xotin-qizlar uchun bepul bo‘ladi.
Bir haftadan buyon «Dinamo» stadioni kassalarida ushbu uchrashuvga chiqarilgan chiptalar sotuvi boshlangan. Chipta bahosi 5 ming so‘m bo‘lib, naqd pul va terminal orqali savdo amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi hakamlar qo‘mitasi ushbu uchrashuvga tayinlangan hakamlar brigadasini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Dinamo» - «Sho‘rtan» uchrashuvini toshkentlik Vadim Agishev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Timur Galleev va Akbar Po‘latovlar yordam berishadi.
Uchrashuv nazoratchisi etib Dmitriy Roman tayinlangan bo‘lsa, PFL vakili esa Aleksey Frolovdir.
Oliy Liga. 2-tur. 8 mart (chorshanba)
«Dinamo» (Samarqand) – «Sho‘rtan» (G‘uzor)
Hakamlar: Vadim Agishev (Toshkent), Timur Galeev (Toshkent), Akbar Po‘latov (Toshkent), Anatoliy Rubakov (Toshkent).
Nazoratchi: Dmitriy Roman (Toshkent).
O‘zPFL vakili: Aleksey Frolov.
Fikrlar