Denis Ivankov terma jamoani tanlaydimi yoki "Nasaf"ni?

  • 6 sentabr, 2018, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangilangan O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar shtabi orasidan birgina o‘zimizda ishlayotgan mutaxassislar orasidan Denis Ivankov joy olganini yaxshi bilasiz. “Nasaf”ning darvozabonlar bo‘yicha murabbiy hisoblangan Ivankov milliy terma jamoada ham o‘z ishini bajarmoqda.

Tecno

Tajribali mutaxassis SPORTS.uz muhbiri bilan bo‘lgan suhbatda terma jamoa yoki "Nasaf" degan savolga quyidagicha javob berdi:

- Bundan keyin ham “Nasaf”dagi ishingizni yana davom ettiraverasizmi? Yoki faqat terma jamoada ishlaysizmi?

- Klubga kerak bo‘lar ekanman, “Nasaf”dagi ishimni ham davom ettiraveraman. Agar klubda yoki terma jamoada ishlashim masalasi ko‘ndalang qo‘yiladigan bo‘lsa, bunday vaziyatda hammasini rahbariyat bilan hal qilishimizga to‘g‘ri keladi.

Denis Ivankov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini tez orada saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin. Bizdan uzoqlashmang!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!