
De Xea MYu bilan uzoq yillik shartnoma imzolaydi
"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea o‘zining “Old Trafford”gi kelajak taqdiriga oydinlik kiritdi.
ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 28 yoshli ispaniyalik posbon MYu bilan yangi 5 yillik shartnoma imzolaydi. Yangi kelishuvga ko‘ra esa uning yillik maoshi 20 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, De Xea “Manchester Yunayted” sharafini 2011 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsum jami 22ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 31ta gol o‘tkazib yubordi.
Fikrlar