Davron Hoshimov: "Qizilqum" bilan ochiq futbol ko‘rsatamiz deb o‘ylayman"

  • 6 avgust, 2017, 00:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

"Paxtakor" himoyachisi "Qizilqum" bilan uchrashuvdan avval o‘yin haqida fikrlarini bildirdi.

"Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni yaxshi o‘tdi. Mashg‘ulotlarni yuqori kayfiyatda olib bordik. Oldimizga qo‘yilgan maqsad - Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish. Buning uchun 15ta o‘yinda maksimal ochkolar yig‘ishimiz kerak.

16-tur o‘yiniga yaxshi hozirlik ko‘rdik. Turkiyadagi yig‘inda taktik va standart jihatlar ustida ishladik. "Qizilqum" jamoaviy yaxshi o‘ynaydi. O‘ziga yarasha ishongan futbolchilari bor. Raqibdan kelib chiqib, taktika qo‘llaymiz. Ochiq futbol ko‘rsatamiz deb o‘ylayman. Muxlislarimizga g‘alaba qozonish orqali xursandchilik taqdim etishni o‘ylayapmiz", - dedi Davron Hoshimov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!