
Dana Uayt Nurmagomedovning keyingi raqibi kim bo‘lishini ma’lum qildi
UFC prezidenti Dana Uayt engil vazn toifasida chempion Xabib Nurmagomedovning keyingi raqibi Toni Fergyuson bo‘lishi kerakligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq vaqtinchalik chempion o‘z janglari bilan bunga loyiq ekan.
– Muxlislar Xabibning keyingi raqibi Toni bo‘lishini xohlagan bo‘lardi, – deya Uaytning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri. – Toni bir muddat kamarga egalik qilgan, ammo u tizzasidan jarohat olgan va kamar boshqa egasini topgan. Toni hech qachon chempionlik janglarida yutqazmagan. Konor Makgregor ham, ammo Konor kamar uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritgan. O‘ylaymanki, Toni Xabibning keyingi raqibi bo‘lishiga haqli.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni Xabib Makgregorni mag‘lub qilib, chempionlik kamarini himoya qildi.
Fikrlar